«sun’iy intellekt» tegli maqolalar


Yevroparlament sun’iy intellekt to‘g‘risidagi dunyodagi birinchi qonunni ma’qulladi
13 mart 2024, 23:56

Yevroparlament sun’iy intellekt to‘g‘risidagi dunyodagi birinchi qonunni ma’qulladi

Yevropa parlamenti sun’iy intellektdan foydalanishni tartibga soluvchi qonunni ma’qulladi. Bu dunyodagi bunday miqyosdagi birinchi qoidalar to‘plami hisoblanadi. Hujjat fuqarolarning huquqlariga tahdid soluvchi SI tizimlaridan foydalanishni taqiqlaydi, shuningdek, SI tarkibini aniq belgilashni talab qiladi.

Sun’iy intellekt barcha ish o‘rinlarining 40 foiziga ta’sir qiladi — XVJ
15 yanvar 2024, 20:46

Sun’iy intellekt barcha ish o‘rinlarining 40 foiziga ta’sir qiladi — XVJ

XVJ ma’lumotlariga ko‘ra, sun’iy intellekt texnologiyalari almashtirish yoki o‘rnini to‘ldirish orqali dunyodagi jami ish joylarining 40 foiziga ta’sir qiladi. Rivojlangan iqtisodlar sun’iy intellektdan foyda olishda yaxshiroq imkoniyatlarga ega, bu esa global tengsizlikni yomonlashtirishi mumkin.

Collins lug‘ati AI — “sun’iy intellekt”ni yil so‘zi deb topdi
1 noyabr 2023, 14:39

Collins lug‘ati AI — “sun’iy intellekt”ni yil so‘zi deb topdi

Collins English Dictionary tuzuvchilari yil so‘zi sifatida sun’iy intellekt (artificial intelligence)ning qisqartmasi bo‘lgan AI atamasini tanladi. Nepo baby, ultra-processed va debanking so‘zlari ham yil so‘zi uchun da’vogarlar orasida qayd etildi.

O‘zbekiston va YUNESKO SI sohasida etikani targ‘ib qilganlik uchun Beruniy mukofotini ta’sis etdi
26 avgust 2023, 10:22

O‘zbekiston va YUNESKO SI sohasida etikani targ‘ib qilganlik uchun Beruniy mukofotini ta’sis etdi

O‘zbekiston va YUNESKO tomonidan sun’iy intellekt sohasida etikani targ‘ib qilish orqali ilmiy muloqotni rag‘batlantirish maqsadida Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro mukofot ta’sis etildi.

Qozog‘iston universitetlarida sun’iy intellekt majburiy o‘qitiladi
25 avgust 2023, 23:19

Qozog‘iston universitetlarida sun’iy intellekt majburiy o‘qitiladi

Qozog‘iston Fan va oliy ta’lim vazirligi kelgusi yildan mamlakat universitetlarida talabalarning sun’iy intellekt bo‘yicha asosiy ko‘nikmalarni o‘zlashtirishlari uchun ushbu yo‘nalish bo‘yicha majburiy kurslarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.

XMT: Sun’iy intellekt ish o‘rinlarini egallamaydi, balki ularni to‘ldiradi
22 avgust 2023, 22:42

XMT: Sun’iy intellekt ish o‘rinlarini egallamaydi, balki ularni to‘ldiradi

Xalqaro mehnat tashkiloti tadqiqoti ko‘pchilik ish o‘rinlari faqatgina qisman avtomatlashtirilishi hamda ChatGPT kabi generativ sun’iy intellekt ish o‘rinlarini egallamasligi, balki ularni to‘ldirishini ko‘rsatdi. Kanselyariya ishlari ko‘proq xavf ostida.

Yevroparlament sun’iy intellektni tartibga solishni ma’qulladi
15 iyun 2023, 09:30

Yevroparlament sun’iy intellektni tartibga solishni ma’qulladi

Yevropa parlamenti sun’iy intellektdan foydalanishni tartibga soluvchi qonun loyihasini qabul qildi. Hujjat SI yordamida yuzni tanishni taqiqlaydi va ChatGPT kabi chat botlarga kontentni kompyuter yaratayotganidan ogohlantirish talabi qo‘yiladi.

Sun’iy intellekt yaratuvchilari o‘z texnologiyalari xavfliligi haqida ogohlantirdi
31 may 2023, 17:18

Sun’iy intellekt yaratuvchilari o‘z texnologiyalari xavfliligi haqida ogohlantirdi

OpenAI va Google DeepMind kabi texnologik kompaniyalarning bir guruh olimlari va rahbarlari o‘z texnologiyalari xavfini pandemiya hamda yadro urushiga qiyosladilar va insoniyatning “yo‘q bo‘lib ketish xavfi” haqida ogohlantirdilar.

Sun’iy intellektning joriy etilishi O‘zbekistonda 430 ming yangi ish o‘rni yaratishi mumkin — OTB tadqiqoti
17 may 2023, 16:14

Sun’iy intellektning joriy etilishi O‘zbekistonda 430 ming yangi ish o‘rni yaratishi mumkin — OTB tadqiqoti

To‘rtinchi sanoat inqilobining sun’iy intellekt kabi texnologiyalaridan foydalanish O‘zbekistonda to‘qimachilik va tikuvchilik sanoatida 100 mingta, qurilish sohasida 334 mingta yangi ish o‘rni yaratish imkonini beradi. Bu borada Osiyo taraqqiyot bankining yangi tadqiqotida so‘z borgan.

JSST tibbiyotda sun’iy intellektdan foydalanishda ehtiyot bo‘lishga chaqiradi
17 may 2023, 13:08

JSST tibbiyotda sun’iy intellektdan foydalanishda ehtiyot bo‘lishga chaqiradi

JSST tibbiyotda ChatGPT, Bard va shunga o‘xshash platformalar bilan ishlashda xavflarni o‘rganishga chaqirdi. Tashkilot, ayniqsa, sun’iy intellektga ega chatbotlar tomonidan yaratilishi mumkin bo‘lgan yolg‘on ma’lumotlardan xavotirda.

Apple, Tesla asoschilari va boshqalar sun’iy intellektni rivojlantirishni to‘xtatib turishga chaqirdi
30 mart 2023, 18:07

Apple, Tesla asoschilari va boshqalar sun’iy intellektni rivojlantirishni to‘xtatib turishga chaqirdi

Yuqori texnologiyalar sohasidagi olimlar va ishbilarmonlar, jumladan, Ilon Mask va Stiv Voznyak sun’iy intellektni rivojlantirishni 6 oyga to‘xtatib turishga chaqirdi. Shu vaqt ichida ular AI sohasida xavfsizlik va tartibga solish bo‘yicha protokollarni ishlab chiqishni taklif qilmoqda.

O‘zbekiston hukumatlarning sun’iy intellektga tayyorlik indeksida 79-o‘rinni egalladi
30 dekabr 2022, 17:06

O‘zbekiston hukumatlarning sun’iy intellektga tayyorlik indeksida 79-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston sun’iy intellektga tayyorlik indeksi bo‘yicha 44,51 ball bilan 181 ta mamlakat ichida 79-o‘rinni egalladi. MDH davlatlari o‘rtasida esa quyi o‘rinda qayd etilib, tashkilotga a’zo 9 mamlakat ichida 4-o‘rinni band etdi.

O‘zbekistonda Sun’iy intellekt bo‘yicha maslahat kengashi tashkil etildi
26 avgust 2022, 13:43

O‘zbekistonda Sun’iy intellekt bo‘yicha maslahat kengashi tashkil etildi

Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida Sun’iy intellekt bo‘yicha maslahat kengashi tashkil etildi. Unga vazir maslahatchisi Bobur Rahimov rahbarlik qiladi. Kengash sun’iy intellekt yordamida amaliy tajribalar o‘tkazish va ularni tezroq mamlakat iqtisodiyotiga tatbiq etish bilan shug‘ullanadi.

O‘zbekistonda sun’iy intellekt yordamida ko‘krak bezi saratoniga tashxis qo‘yiladi
20 fevral 2021, 19:08

O‘zbekistonda sun’iy intellekt yordamida ko‘krak bezi saratoniga tashxis qo‘yiladi

Prezident qarori bilan O‘zbekistonda yaqin ikki yil ichida sun’iy intellektdan sog‘liqni saqlash sohasida, jumladan, ayollarda ko‘krak bezi saratoniga tashxis qo‘yishda fodalanish ko‘zda tutilmoqda. Qolaversa, pnevmoniyani aniqlashda qo‘llash ham rejada bor.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting